TG Telegram Group Link
Channel: Bojxona yoshlari | RASMIY KANAL
Back to Bottom
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bugun, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ko‘plab masalalar qatorida bojxona tizimlarida qog‘oz hujjatlar almashinuvidan voz kechib, jarayonni elektronlashtirish va mavjud to‘siqlarni zudlik bilan bartaraf etish masalasi ham muhokama qilindi.

Masalan, tomonlar bir-biriga bojxona imtiyozlarini taqdim qilishga asos bo‘luvchi tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarning hamon qog‘oz shaklida taqdim qilinayotgani, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu hujjatni raqamli shaklda almashishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi  tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Bojxona qoʻmitasi, Milliy gvardiya, DXX Chegara qoʻshinlaridagi  yosh harbiy xizmatchilar, xodimlar va kursantlarning milliy davlatchiligimiz vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlar shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida zamondoshlar ongi-xotirasida mustahkamlash va imkon qadar keng ommaga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish, ularning dunyoqarashlari, qalblarida milliy qadriyatlar ruhi, millat tamadduniga daxldorlik, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish, buyuk sarkardalarimiz meros qilib qoldirgan boy jang sanʻati sirlarini oʻrganishda kitob oʻqishning ahamiyatini oshirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va muassasalar xodimlari o'rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Bahs-munozaralarga boy oʻtgan intellektual oʻyin yakunlariga koʻra Bojxona qoʻmitasi Bojxona institutining jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib qoʻmita bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. G’olib bo’lgan jamoalar O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
https://hottg.com/bojxonayoshlari
Хушхабар!


Божхоначилар қўл жанги бўйича 25-30 апрель кунлари Москва шаҳрида ўтказилаётган Жаҳон чемпионатида 1 та олтин ва 3 та бронза медалларини қўлга киритишди.

Ўзбекистон терма жамоаси номидан Х.Сатторов мураббийлигида иштирок этаётган божхоначиларимиз Б.Қобулов 88 кг. вазнда "Ўзини ҳимоя қилиш" ҳамда "Жанг" йўналишларида битта олтин ва битта бронза медалини қўлга киритган бўлса, А.Асроров 70 кг. вазн тоифасида иккита бронза медалини юртимизга олиб келадиган бўлди.

Божхона ходимларининг ушбу натижалари ташкилотчилар томонидан юксак эътироф этилди ва Халқаро қўл жанги федерацияси томонидан ташаккурнома эълон қилинди.

Айни пайтда мусобақа давом этмоқда!
Ўзбекистон чемпионатида Божхона институти курсанти ғолибликни қўлга киритди

Жорий йилнинг 28 апрель куни Тошкент шаҳрида спортнинг “Кйокошинкаи-карате” тури бўйича ўтказилган Ўзбекистон чемпионати мусобақасида Божхона қўмитасининг Божхона институти курсанти Умиджон Каримов муносиб иштирок этди.

Мазкур чемпионатда ғолиблик учун давогарлар қаторидан ўрин олган Умиджон Каримов +80 кг вазнда рақибларини бирин-кетин мағлубиятга учратиб, фахри 3-ўринни эгаллаб, тегишли диплом ва медал билан тақдирланди. https://hottg.com/DBQ_BOJXONA_INSTITUTI
HTML Embed Code:
2024/05/14 09:32:56
Back to Top