TG Telegram Group Link
Channel: Vashington kundaligi
Back to Bottom
“Bitcoin” oxirgi ikki yilda ilk bor 60 ming dollardan oshdi.

@bmamadiev
Toronto universiteti professori Jeffri Hintonning sun'iy intellektga oid leksiyasini tingladim.

Uning aytishicha, sun'iy intellekt, masalan, "ChatGPT" dasturi o'zi tayyorlayotgan matn va materiallarni insonlardek tushunadi va his qiladi hamda kelasi besh yil ichida uning mantiqiy fikrlashi insonnikidan o'zib ketadi.

Hinton kelajakdan xavotirda. U sun'iy intellekt kun kelib nazoratdan chiqib ketishi va insonlarga falokat keltirishi ehtimoli yuqori, deb hisoblayapti.

Bu haqda gapirayotganlar ko’p, lekin Hintonning bunday pessimistik qarashi, ayniqsa, menga qattiq ta'sir qildi. Chunki bu odam zamonaviy sun'iy intellekt ilmining otasi hisoblanadi. "OpenAI" tadqiqotlarini yoki "Google"ning sun'iy intellekt loyihalarini boshqarayotgan olimlar shu professorning shogirdlari hisoblanadi.

Uning aytishicha, sun'iy intellekt matnlarni tuzishda, shunchaki, so'zlar ketma-ketligidagi statistik ehtimollarga tayanadi, deb o'ylash xato va bu modelning aslida qanday ishlashini hech kim bilmaydi.

Biz unga o'rganish algoritmini yukladik, lekin bu o'rganish qanday kechishini bilmaymiz, demoqda butun umri va karyerasini shu sohaga bag'ishlagan odam.

@bmamadiev
Hamkasblarimdan birining ish stoli. Klaviaturasiga ishqim ketdi. 🙂

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt robotlarning "miyasi"ga kirishni boshladi. Gumanoid robotlar ustida ishlayotgan "Figure" kompaniyasi o'z roboti haqida qisqa video e'lon qildi.

Unda robot odamdek gapiryapti va fikrlayapti. Unga faqat yumushlarni bajarish haqida buyruqlar berilmadi, balki bu ishlarni nega va qanday bajarayotgani haqida ham so'rashdi. Javoblar esa ohang va mazmun jihatidan odamnikidan farq qilmaydi. Qo'l harakatlari ham ancha tekis.

Bu robotlar yaqin 5-6 yil ichida xonadonlarga kirib boradi.

@bmamadiev
Yaqinda AQShning Aydaho shtatida sud hukmi bilan o'limga hukm qilingan serial qotilni o'ldirish uchun bir soat davomida sakkiz marta urinishdi, lekin eplay olishmadi. Sababi - tibbiyot xodimlari zaharli ukolni jo'natish uchun mahkumning vena tomirlarini topa olmagan.

Uchta jamoa ketma-ket qotilning oyog'iga, qo'liga, soniga, bilagiga jami sakkiz marta igna tiqqan, lekin kerakli tomir topilganiga ishonch hosil qilishmagani uchun, dori jo'natilmagan.

Oliy jazo yana noma'lum muddatga qoldirildi.

73 yashar bu odam yarim asrdan beri qamoqda. Uchta shtatda kamida 5 ta qotillik bo'yicha aybdor deb topilgan va dastlab o'limga, keyin esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

1981-yilda qamoqdagi xonadoshini o'ldirib qo'yishi ortidan bir umrlik qamoq jazosi yana o'lim hukmiga almashtirilgan.

Bu odam 43 yildan beri o'lim jazosi ijro qilinishini kutib yashayapti.

@bmamadiev
AQShda o'lim jazosini ijro qilish bilan bog'liq yana bir muammo - odam o'ldiradigan dorilar yetishmayapti.

Qatl uchun ishlatildigan ukolning muhim tarkibiy qismi bo'lgan moddani yaqingacha AQShda faqat bitta kompaniya ishlab chiqargan. U ham 10 yilcha oldin uni ishlab chiqarishni to'xtatgan.

Kompaniyalar bunday dori ishlab chiqarmasligining sababi shundaki, ular o'z mahsulotlarining odam o'ldirishda ishlatilishini xohlamaydi va shu bois, hukumat tomonidan talab va ehtiyoj bo'lishiga qaramay, hozirda bunday inyeksiyalar soni AQShda sanoqli miqdorda qolgani aytiladi.

Odamga eng kam og'riq berishi yoki umuman og'ritmasligi haqidagi farazlar tufayli AQShning hanuz o'lim jazosi mavjud ko'plab shtatlarida oliy jazoga hukm qilinganlarni inyeksiya orqali o'ldirish tartibi yo'lga qo'yilgan.

Endi dori yetishmayotgani bois ba'zi shtatlar osish, gaz bilan o'ldirish, elektr stolga o'tqazish yoki otish usullariga qaytmoqda. Ayrimlarida hatto mahkumlarga otilish yoki elektr stolda o'lishdan birini tanlash imkoniyati berilyapti.

@bmamadiev
Silikon vodiysidagi kompaniyalar o’rtasida sun’iy intellekt mutaxassislarini o’ziga jalb qilish bo’yicha “jang” ketyapti.

Malakali mutaxassislarni ishga olishning eng yaxshi yo’li - ularni katta miqdordagi pul bilan rag’batlantirish. Bugun “Wall Street Journal” podkastida eshitib qoldim. “OpenAI” kompaniyasidan yaqinda ish taklifini olgan oltita nomzodning maoshlariga qarashganda, yillik o’rtacha maosh 925 ming dollarni tashkil qilgan.

@bmamadiev
Kripto olamining yulduzi bo’lgan amerikalik 32 yoshli Sem Benkman-Frid 25 yilga qamaldi.

U kripto valyutalar savdosi bilan shug’ullangan va hozir bankrotga uchragan “FTX” kompaniyasi asoschisi.

2 yil oldin Sem 26 milliard dollardan ortiq mablag’i bilan AQShning 41-eng boy odami bo’lgan.

U “FTX” mijozlariga tegishli 8 milliard dollar pulni boshqa kompaniyasi hisobiga o’tkazib, bu mablag’ni kripto valyutalar oldi-sottisi uchun ishlatganlikka doir bir qator jinoyatlarda aybdor deb topildi.

@bmamadiev
Telegramda “boost” funksiyasi qo’shilibdi. Agar kamida 17 premium foydalanuvchi “boost” tugmasini bossa, kanalga qo’shimcha funksiyalar qo’shish mumkin ekan. Masalan, havola va iqtiboslarni boshqa uslublarda berish, kanal nomi rangini o’zgartirish kabi.

Sinab ko’ramizmi? :)

https://hottg.com/boost/bmamadiev

@bmamadiev
Dunyoga mashhur Britaniya muzeyi o’z bisotidagi eksponatlarning bor-yo’g’i bir foizini ommaga ko’rsatar ekan.

Demak, bunday muzeylarning asosiy vazifasi ko’rgazma qilish emas, balki tarixiy va noyob buyumlarni asrab-avaylashdan iborat.

@bmamadiev
Uydan ishlayotgan edim. Menejerim bilan onlayn uchrashuvda o’tirgan paytim birdan xonam qimirlay boshladi. Qattiq yer silkindi.

10 soniyacha davom etdi. Lekin 5 daqiqacha menejerimning aytgan gaplari qulog’imga kirmadi. 🙂

Zilzila markazi mening uyimdan bir soatcha uzoqlikda ekan. Silkinish 4.7 magnitudani tashkil etgan.

Xudoga shukr, hamma tinch va salomat.

@bmamadiev
Ilon Mask "X"dagi sahifasi orqali 8-avgust kuni "Tesla" kompaniyasi "robotaksi"ni e'lon qilishi haqida xabar qoldirdi. Bundan boshqa tafsilot yo'q.

Robotaksi - bu haydovchisiz o'zi harakatlanadigan va taksi xizmatini ko'rsatadigan elektromobil.

@bmamadiev
“ChatGPT” meni tanirkan. 🙂 Lekin men haqimdagi ma’lumotlari ingliz tilida yozgan sanoqli maqolalarim bilan cheklangani sezilib turibdi.

@bmamadiev
Familiyamni kiritsam ham topyapti, faqat ba’zi ma’lumotlari eski.

@bmamadiev
Kecha Nyu-York shahri Bruklin tumanidagi Urgut osh markazida "MahallaUSA" tashkilotining iftorlik va xayriya kechasi o'tkazildi. Unda AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyati faollari va mehmonlar yig'ildi.

Tadbir davomida "MahallaUSA" nodavlat tashkiloti qoshida ochilgan "ZiyoArt" o'quv markazining yangi binosi mehmonlarga tanishtirildi. Ushbu bino faoliyatini hamda unda amalga oshirilayotgan turli o'quv kurslarini davom ettirish uchun vatandoshlar yordamiga muhtojmiz, dedi tashkilot rahbari Abdumalik Ahmedov.

Vatandoshlarimizdan ushbu markazda amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga o'z hissasini qo'shishni so'rab qolamiz. Buning eng oson yo'li - imkoningiz yetganicha, moddiy tomondan yordam berish.

Ehsonlarni jo'natish uchun manzil:

PayPal: [email protected]
Zelle: [email protected]

@bmamadiev
10-aprel kuni ertalab 7:00 da Bruklindagi Kayzer parkida hayit namozi o’qiladi. O’zingiz bilan joynamoz olib kelishni unutmang.

Namozdan keyin bepul nonushta dasturxoni yoziladi.

Manzil: 2529 Neptune Ave, Brooklyn, NY 11224

@bmamadiev
HTML Embed Code:
2024/04/18 08:36:37
Back to Top