TG Telegram Group Link
Channel: Vashington kundaligi
Back to Bottom
Futbol bo’yicha 2026-yilgi jahon chempionati o’yinlari AQSh, Meksika va Kanadada o’tkazilishidan xabaringiz bor.

Kecha qaysi o’yinlar qayerda bo’lishi ma’lum qilindi.

Chorak finaldan boshlab barcha o’yinlar AQShda o’tkaziladi. Final o’yini Nyu-Jersi shatidagi Met Life stadionida bo’lib o’tadi. Bu stadion men hozir yashab turgan uyimdan 10 daqiqa uzoqlikda joylashgan.

@bmamadiev
XALQARO TEXNOLOGIYA MUSOBAQASI TEKNOFEST 2024

120 dan ortiq davlatning yosh texnolog va inovatorlari ishtirok etadigan Xalqaro texnika va texnologiya musobaqasi TEKNOFEST 2024 uchun qabul 20-fevralgacha davom etadi.

Teknofestning 46 ta yo‘nalishidan birini tanlab o‘z jamoangizni tuzing va O'zbekiston nomidan ishtirok eting.
Sizdan faqatgina loyihangizni asosiy g'oyasini yozishingiz talab qilinadi.
Loyihangizni musobaqaning keyingi bosqichlarida T3 fondi tomonidan beriladigan moddiy yordam ko‘magida amalga oshirib finalda ishtirok eting.

Jami mukofot miqdori: 1 mln. AQSH dollari
Ishtirokchilarga jami moddiy yordam miqdori: 1.7 mln.  AQSH dollari

TEKNOFEST 2024 uchun o'z g‘oyangiz bilan ishtirok eting, loyihalashtiring, amalda tatbiq eting va katta miqdordagi sovringa ega bo‘ling!!!

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting

@teknofest_uz
“Xalq so’zi” gazetasida ishlaydigan tanishim sun’iy intellekt haqida maqola yozib bering, degandi. Yozganlarimni suhbat shaklida chop etishibdi.

Qiziqsangiz, maqolani gazeta saytida ham o’qishingiz mumkin.

@bmamadiev
Aksiya bozorida savdo qiluvchilar, odatda, ikkiga bo'linadi.

1. Qisqa muddatda foyda topishga urinadiganlar. Bundaylar "Day tradar" (Kunlik savdogar) deyiladi.

2. Kompaniyaning rivojlanishiga ishonib, uning kelajagiga pul tikadiganlar. Bular uzoq muddatli sarmoyador (Long-term investor) deyiladi.

Aksiyani olish yoki sotish uchun eng qulay paytni topish deyarli imkonsiz. Bu kelajakni bashorat qilishdek gap. Bunga uringanlarning aksariyati muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Statistika bo'yicha, uzoq muddatli sarmoyadorlar kunlik savdogarlarga qaraganda ko'proq foyda ko'radi.

Agar aksiya bozoriga kirishni rejalayotgan bo'lsangiz, 2-yo'lni tuting.

Bunda, avvalo, o'zingiz qiziqqan kompaniyalarning moliyaviy ahvolini va potensialini o'rganing. Ularning kelajagiga ishonsangiz, qo'rqmasdan aksiyasini sotib olishingiz mumkin.

Har yili, har besh yoki 10 yilda bozorning cho'kkan, ya'ni quyiga tushgan pallalari bo'ladi. Lekin bozor yana o'sib, yangi cho'qqilarni zabt etaveradi.

@bmamadiev
Sun'iy intellekt kirib bormagan soha deyarli qolmadi. U kelasi yillarda siyosiy maydonda katta boshog'riqlarni ham keltirib chiqarishi kutilyapti. Chunki sun'iy intellekt yaratgan video va audiolarni haqiqiysidan farqlash imkonsiz holga kelib bo'ldi.

Bu degani - bugun istalgan mashhur odamning tasvirini va ovozini yaratish mumkin va buni g'arazli maqsadlarda qo'llash ehtimoli yuqori.

Ammo bundan ijobiy yo'lda foydalanayotganlar ham bor. Masalan, Pokistonda qamoqda qolayotgan sobiq bosh vazir Imron Xon o'z tarafdorlari bilan sun'iy intellekt yaratgan tasvir va ovozlar orqali muloqot olib bormoqda.

U aytmoqchi bo'lgan so'zlarini qisqa qaydlar orqali qamoqdan sizdirib chiqarmoqda va uning ozodlikdagi jamoasi sun'iy intellekt yordamida uning tasviri va ovozini yasab, xalqqa havola qilyapti.

Bugun Pokistonda o'tgan saylov ortidan Imron Xon "sun'iy qiyofadoshi" orqali tarafdorlarini g'alaba bilan muborakbod etishga ham ulguribdi.

@bmamadiev
So'nggi ikki yil ichida "Bitcoin" ilk bor 50 ming dollarlik marrani kesib o'tdi.

@bmamadiev
Sun'iy intellekt tufayli ishini yo'qotadiganlarning old qatorida, menimcha, dizaynerlar turadi.

Allaqachon istalgan mavzuda logotiplarni dizayner ishtirokisiz, sun'iy intellekt yordamida yaratish mumkin. Faqat logo emas, boshqa dizayn mahsulotlarini ham.

Yuqorida ismim va blogim nomiga tayyorlangan logotiplarni "DALL-E" sun'iy intellekti tayyorladi.

@bmamadiev
Sun'iy intellekt uchun chip ishlab chiqaruvchi "NVIDIA" kompaniyasi bozor qiymati bo'yicha bugun "Google"ni quvib o'tib, dunyoning to'rtinchi eng qimmat kompaniyasiga aylandi. O'tgan hafta u "Amazon"dan ham o'zib ketgan edi.

Ayni paytda kompaniya qiymati ikki trillion dollarga yaqinlashgan.

@bmamadiev
"OpenAI" kompaniyasidan yangi loyiha: Sora. U matndan video yasab beradi.

Siz yuqorida ko'rib turgan videolarning barchasi sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan soxta tasvirlar. Masalan, Tokio ko'chasida oqshom sayr qilib yurgan ayol tasvirini yarat, deb buyruq berilgan va sun'iy intellekt shu videoni yaratgan.

Yaqin yillar ichida to'liq sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan filmlar paydo bo'lishi aniq.

Hozircha bu yangi xizmat keng jamoatchilik uchun ochiq emas.

@bmamadiev
Nyu-York shahri va atrofida yashovchi vatandoshlar uchun.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz shunday millatmizki, boshqa millatdagi vatandoshimiz tilimizda gapirsa, xursand bo’lib do’ppimizni osmonga otamiz. Bu haqda maxsus ko’rsatuvlar qilamiz. Mana shu narsa sobiq koloniya mentaliteti.

Shu yurtda tug’ilib o’sgan, shu yurt fuqarosi bo’lgan har bir inson, millatidan qat’i nazar, davlat tilini bilishini va shu tilda gapirishini tabiiy qabul qilmagunimizcha, tilimizga haqiqiy hurmat bo’lmaydi.

Aksincha, o’zbekchani bilmasligidan ajablanishimiz kerak.

@bmamadiev
"Amazon" kompaniyasida dasturchilar tajribasi va malakasiga qarab turli darajalarga bo'linadi. Eng quyi pog'ona "L4"dan (4-daraja) boshlanadi. Odatda, universitetni yangi biritgan, hech qanday tajribaga ega bo'lmaganlar shu bosqichdan ish boshlaydi.

Eng yuqori daraja "L7". Ularni bosh dasturchi (principal engineer) deyishadi. Dasturchilar orasida undan yuqori daraja ham bor deb eshitganman, lekin shaxsan o'zim hali ko'rmadim.

"Amazon"da 35 mingdan ortiq dasturchi ishlaydi. Shundan 2 foizdan kamrog'i "L7" darajasida ekani aytiladi.

Bizning jamoada bir dona "L7" darajadagi dasturchi bor. Kunlik yig'ilishlarda deyarli ko'rinmaydi. Bir yildan ortiq ishlab, biror marta kod yozganini ko'rmadim. Lekin eng ko'p oylikni shu odam oladi. 🙂

Jamoamiz bu yil katta bir proyekt boshlayapti. Shunga oid ko'plab dizayn hujjatlarini o'qishimga to'g'ri keldi va shu orada "L7" darajadagi injenerlar nima ish qilishini sal tushungandekman.

Ular, asosan, yangi loyiha va dasturiy mahsulotlarning arxitektura va dizaynini tayyorlash bilan shug'ullanadi. Buning uchun siz barcha mavjud texnologiyalarni ipidan ignasigacha bilishingiz va yangi mahsulot tez, samarali hamda kamxarj bo'lishi uchun eng optimal variantni taklif qilishingiz kerak.

Bu ishni uncha-muncha odam eplay olmaydi. Saytdagi qaysidir funksiyani ishlatish uchun kod yozish boshqa narsa; saytning butun tizimini qurish boshqa bir darajadagi ish.

Oddiy foydalanuvchi saytga kirganda ko'radigan bir dona sahifa ortida o’nlab va balki yuzlab servislar turadi. Har birining o'ziga xos funksiyasi bor. Bularni bir-biriga ulab chiqish esa juda murakkab ish.

Mana shu arxitektura va dizayn asosida biz - oddiy dasturchilar keyin kod yozamiz.

Xullas, 1-2 ta arxitektura va dizayn hujjatlarini o'qib, kallam achib ketdi. O'rganish kerak bo'lgan narsalar hali ko'p.

@bmamadiev
"Bloomberg"ning yozishicha, "Apple" elektromobil ishlab chiqarish orzusidan voz kechmoqda. Kompaniya 2014-yildan beri "Titan" den nomlangan loyiha ustida ishlab kelayotgan edi. Maqsad - tez o'sib borayotgan elektromobillar bozoriga qo'shilish bo'lgan.

Bugun kompaniya ishchilariga loyiha to'xtatilgani ma'lum qilingan. Loyiha ustida ishlayotgan 2000 ga yaqin xodim bu xabardan shokka tushgan, deb yozadi nashr.

@bmamadiev
HTML Embed Code:
2024/04/30 21:09:36
Back to Top