Bugun universitetimizning birinchi hamda ikkinchi talabalar turar joylarida mas’ul prorektor hamda bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda turar joylarda isitish tizimi faoliyati, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida o‘rganish olib bordik.
Dastlab, talabalar bilan ularni qiynayotgan muammolar, mavjud sharoitlar hamda turar joy xodimlarining faoliyati haqida suhbatlashdik. Aniqlangan kamchiliklar, joyida bartaraf etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Boshqa masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashib, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalarni belgilab oldik.
Bundan tashqari, turar joyning oshxona, sanitariya va ma’naviy hordiq chiqarish xonalarini ko‘zdan kechirdik, tartib hamda tozalik talablariga qanchalik amal qilinayotganini ham o‘rgandik.
Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsadimiz, talabalarga qulay sharoitlar va ijobiy muhit yaratishdan iborat.
>>Click here to continue<<









