TG Telegram Group Link
Channel: Usmon Azim Sheʼrlari
Back to Bottom
Channel created
Bismillohir rahmonir rahim
Usmon Azim 1950-yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanining Gaza qishlog‘ida tug‘ilgan. Tumandagi birinchi maktabni tamomlagan. 1972-yilda Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetida taʼlim olgan. Usmon Azim respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976 — 1989), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989 — 1990) hamda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Birinchi prezidentning Davlat maslahatchisi (1991 — 1994) kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2003-yildan esa Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh sifatida faoliyat boshlagan[1].

Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1978). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dars“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987), „Baxshiyona“ (1989), „Gʻaroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Gʻussa“ (1994), „Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003) „Adibning umri“ (2010), „So‘ngso‘zlar“ (2020) nasriy to‘plamlari; nasr va nazmdan iborat „Kollaj“ (2018) nasriy toʻplamlari nashr etilgan. Dastlabki sheʼrlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va shu jarayonda minbar sheʼriyati unsurlaridan foydalangan. Shuningdek, o‘n ikki jildli saylanma asarlarining sakkiz kitobi ham nashrdan chiqgan[2]
Usmon Azim „Baxtli boʻlaylik“, „Hujjatli film uchun syujet“, „Bahodir va Malika“ singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shugʻullandi va „Bir qadam yoʻl“, „Kunduzsiz kechalar“, „Bozor“ (1997), „Alpomishning qaytishi“ (1998), „Jazava“ (2000), „Baxt qushi“ (2002), „Oʻtgan zamon hangomalari“ (2003) pyesalarini yozdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Usmon Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon boʻldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham ogʻzaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish isteʼdodini namoyish etdi[3].

Usmon Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“ kinoqissasi (1990), „Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“ (2000) filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V. Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[4].

Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan. Usmon Azim uch mingga yaqin sheʼriy asarlar muallifi. U sheʼriy maktab yaratgan kamdan-kam shoirlardan biridir. Uning asarlari zamonaviy o‘zbek poeziyasi va dramutgiyasining saviyasini belgilovchi mavqega ega[5][6].

Usmon Azim Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan[7].
Yomg‘ir
Kumush Razzoqova
Usmon Azim sheʼri 📚

🎙 Kumush Razzoqova - Yomgʻir (1986)

@Usmon_Azim_Sherlari
* * *

Qiynaladi oftobni kutib
Yomgʻirlarda ivigan shahar...
...Uxlab qolding, yigʻlab, qon yutib,
Koʻringanda ufqda sahar.

Men taqdirimdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni.

Mening sarson umrimga oydin
Rivoj tilab u chekdi figʻon.
Oyogʻini tavof qildim men —
Dunyoda eng omadsiz oʻgʻlon.

U hech narsa qilmadi talab,
Ming oʻrgildi qoshu koʻzimdan.
Uning qaro sochlarni silab,
Bu tun kechdim hatto oʻzimdan.

Yomgʻir yogʻdi mayda-maydalab,
Mayda-mayda boʻldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
"Sevasanmi" deya soʻradim.

Qiynaladi oftobni kutib,
Yomgʻirlarda ivigan shahar...
...Sen ketasan qayga qon yutib,
Meni qayga boshlaydi sahar?

🎙 Kumush Razzoqova ijrosi

Usmon Azim sheʼri 📚

@Usmon_Azim_Sherlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Usmon Azim sheʼri 📚

🎙 Janob Hech Kim - Endi tikanlimi...

@Usmon_Azim_Sherlari
Audio
Usmon Azim sheʼri 📚

🎙 Janob Hech Kim - Endi tikanlimi...

@Usmon_Azim_Sherlari
***

Endi tikonlimi bu erka yoʻllar,
YO yoʻl tugadimi — endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi choʻllar,
Endi begonaday «xayr» aytishmi?

Oh, qachon aldashga oʻrganasan sen,
Yuzingda kulgu—yu, labingda titroq.
Men uchun oʻrtanmay oʻrtanasan sen…
Qoʻrqma, tillarimda qolmadi soʻroq.

Ne qilay? Yurakdan boʻshadi tanim,
Najot koʻnishdami, najot — oʻlishda?
Azizim? Azizim! azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim boʻlishga?

Usmon Azim sheʼri 📚

🎙 Janob Hech Kim ijrosi

@Usmon_Azim_Sherlari
HTML Embed Code:
2024/05/13 22:21:59
Back to Top