TG Telegram Group Link
Channel: Turizm va madaniy meros huquqiy-axborot kanali
Back to Bottom
📜O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Turizm sohasi subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil
26-iyulda
407-son qarori qabul qilindi.
📌Qaror asosida oilaviy mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar bo‘yicha ularning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Shuningdek, endilikda turistik axborot markazlarini chegara o‘tkazish punktlarida ham barpo etish mumkin. Ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida bepul joylashtiriladi.
Qabul qilingan qarorga muvofiq o‘tovli va chodirli oromgohlar xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumki bugungi kunda investorlarga yangi qurilgan mehmonxonasi 3 yulduzli toifaga va 50 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega yoki 4 yulduzli toifaga va 100 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega bo‘lganda subsidiya ajratiladi. ‼️Qarorda “yangi qurilgan mehmonxona” tushunchasi mustahkamlangan bo‘lib, unga muvofiq yangi qurilgan mehmonxona — tasdiqlangan loyiha asosida kapital bino va inshoot sifatida qurilgan yoki oxirgi o‘n yilda mehmonxona fondida mavjud bo‘lmagan holda qayta qurilgan yoxud qurilish jarayonida o‘zgartirilgan loyiha bo‘yicha (mehmonxonani rekonstruksiya va (yoki) renovatsiya qilish bundan mustasno) joylashtirish vositasi sifatida qurilib yangidan ishga tushirilgan obyekt hisoblanishi belgilandi. #huquqiyaxborotsoati
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Маданий мерос агентлигининг кўрсатмаларини бажармаганлик учун маъмурий жавобгарлик белгиланди

Батафсил инфографикада👆

Каналга уланиш👇👇👇
https://hottg.com/huquqiyaxborot
✈️ Саудия Арабистони фуқароларига визасиз режим жорий қилинмоқда.

📄📌Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 16 августдаги “Саудия Арабистони Подшоҳлиги фуқаролари учун Ўзбекистон Республикасига кириш режимини янада соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-190-сон Фармони қабул қилинди.

Фармонга кўра, 2023 йил 1 январдан Саудия Арабистони фуқароларига Ўзбекистон ҳудудига киришда 30 кунлик визасиз режим жорий қилинади.

Бунда, Саудия Арабистони фуқаролари томонидан ўз ёки учинчи мамлакатга учиш авиачиптаси тақдим қилиниши керак.
Ichki turizmda “Cashback”❗️❗️❗️

📌2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Sayohat xarajatlarini qaytarish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron platforma, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
🔸aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
🔸temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
🔸joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
🔸teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:
🔸avia, temir yo‘l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;
🔸joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
🔸madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.
📃Qarorga muvofiq Platforma Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan holda, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Forwarded from Aziz Abdukhakimov
Bugun Mustaqil O'zbekistonimizning 31 yoshini nishonlamoqdamiz. Albatta, barchamizning qalbimizda o'zgacha shukuh, iftixor tuyg'usi hukm surmoqda.

Takidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlatimiz rahbari boshchiligida bir qator islohotlar amalga oshirildi va bu islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirish hamda madaniy merosni tiklashga, asrab-avaylashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Bu esa tabiiyki eng oliy ne'mat hisoblanmish mustaqillik sharofatidir. Istiqlol yaratib berayotgan keng imkoniyatlar esa bizni yurt taraqqiyoti uchun yanada g'ayrat bilan mehnat qilishga undaydi.

Fursatdan foydalanib, barchangizni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan chin dildan tabriklaymiz. Istiqlolimiz abadiy bo'lsin!

@Aziz_Abduhakimov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri.
Forwarded from Uzbektourism.uz
Yoshlarning turizm sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir grant ajratish miqdori tasdiqlandi
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2388

Утвержден размер грантов на поддержку предпринимательских инициатив молодежи в сфере туризма
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2388

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Uzbektourism.uz
Sayohat qiling va 50 foizgacha keshbek oling!
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2389

Путешествуйте и получайте кэшбеки до 50%
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2389

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Uzbekistan.travel
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✈️Bugun Butunjahon turizm kuni!
Barchani ushbu bayram bilan tabriklaymiz va yanada koʻproq ajoyib sayohatlar hamda yangi fantastik kashfiyotlar tilaymiz!

✈️Сегодня отмечается Всемирный день туризма!
Поздравляем всех с этим праздником и желаем побольше удивительных путешествий и новых фантастических открытий!

✈️Today is the World Tourism Day!
We wish you amazing trips and new fantastic discoveries!

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
Forwarded from Uzbektourism.uz
Sayohat qiling va xarajatlaringizning bir qismini qaytarib oling!
http://uzbektourism.uz/news/view?id=2430

Travel and get some of your expenses back!
http://uzbektourism.uz/en/news/view?id=2430

Путешествуйте и возмещайте часть своих расходов!
http://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2430

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Uzbektourism.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ortda qolayotgan 2022-yilda har jabhada, jumladan, turizm va madaniy meros sohalarida qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasi o‘laroq ichki va tashqi turizm ko‘lami sezilarli darajada oshdi, turistlar oqimi ko‘paydi.

Aziz vatandoshlar! Yangi 2023-yil yanada omadli kelsin. Oilangizga tinchlik, omonlik, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Aziz Abduxakimov boshchiligidagi Turizm va madaniy meros vazirligi jamoasi

Rasmiy
sahifalarimizni kuzatib boring:
RasmiylTelegram|Facebook|Instagram|YouTube
HTML Embed Code:
2024/05/15 06:14:21
Back to Top