TG Telegram Group & Channel
Taqdir bitiklari | United States America (US)
Create: Update:

🗣Havasim kelyapti

🔹Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: - "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".

🔹Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".

🔹Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".

🔹Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".

🔹Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".

| lhom Rahmatullayev

@Taqdir_bitiklari 🧠

>>Click here to continue<<

Taqdir bitiklari

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)