TG Telegram Group Link
Channel: MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YANGI YIL

Ko'ngil ma'yus tortdi yilning so'nggida, 
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. 
Bugun kuppa-kunduz ko'zim o'ngida, 
Yana bir yoshimni o'g'irlading, qor. 
Qirqinchi qasrimga o'taymi endi, 
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
___________
Bahorim yetkudek qo'lim uzatsam, 
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam. 
Laylakqor azizim g'alat bayram bu
Kulib kuzatsammi, yig'lab kuzatsam.
Dardim jim ichimga yutaymi endi, 
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
____________
So'rsang, sevinchimdan o'kinchim ko'proq, 
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq. 
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda, 
Ko'zda tabassum - u kiprikda titroq. 
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi, 
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
____________
Yangi yil, 
Kelaver qanday kelsang ham, 
Kimlar yetdi senga kimlar yetmadi. 
Sen yangi yo'ldoshsan sen yangi hamdam, 
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram. 
Qulog'ingga bir gap aytaymi, endi, 
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...
____________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Alisher Fayz ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Koʻngil maʼyus tortdi yilning soʻnggida..
XONADON

Bunda hamma oʻzini sevar,
Tagʻin sevar nozik gullarni...
Chaqmoq koʻzli bolalar emas.
Oʻstirishar faqat qullarni.


Bu shoʻrliklar xonadonida
Gʻaraz, fosiq niyatlar tunar,
Halok boʻlar qancha daholar,
Muttahamlar, oʻgʻrilar unar.

Haliyam koʻz ochmagan xalq-da,
Hali kamdir imon, eʼtiqod,
Yashaydilar bir-birin aldab,
Bir-birining motamidan shod.

Nafas olmay oʻtaman har gal,
Uf-f, naqadar oʻtkir anqiydi
Irib ketgan orzu-xayollar,
Chirib yotgan tuygʻular hidi.

Shavkat Rahmon sheʼri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MuhammadYusufIzdoshlari

MUHAMMAD YUSUFga

Nima qilgan boʻlsang, qaytadi,
Hatto oʻlim qololmas toʻsib.
Tushlarimda ertak aytadi
Dilga tanish Muhammad Yusuf.

Qarayman. U maysa axtarar,
Orzulari gullagan toʻkin.
Osmon uni koʻkka koʻtarar,
Tuproq unga sheʼr oʻqir bugun.

Koʻzlariga qarayman uni,
Yonib turar juda chiroyli.
Xayollarga evrilgan kuni
Yur, deydi u, qirga boraylik.

Qirlar bizni kutib oladi,
Axir, bu eng uzun sayr-ku.
Togʻ qadarlik koʻnglim holati,
Ular soʻrar: "Oʻsha shoir-ku!"

Qiqirlaydi qirda qizgʻaldoq:
"Marhabo, ey Muhammad Yusuf!"
Tanib qolar choʻldagi yantoq:
"Keldingizmi bizga sheʼr yozib?!"

Deydi: "Inim, bu dorulbaqo,
Quyosh bunda sharqqa botadur --
Odamlardan qaytmadi vafo...
Meni shular alqab yotadur".

Uygʻonaman ilk bora oʻzim,
Atrofimda vafosi yoʻqlar.
Jayronlarga aylanar koʻzim,
Yoʻqlasa shu qizgʻaldoq yoʻqlar.

Ey Xayrullo, uning hokin oʻp,
Bir odamda ikki feʼl jamdir --
Shoir boʻlib tugʻilganlar koʻp,
Shoir boʻlib oʻlganlar kamdir.


Xayrulla Hamidov Sheʼri
Dengizga

Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Ko‘nglimda ishqingni olib qaytaman.
Sochimni o‘ynaydi muzdek sho‘x shamol,
Men unga dardimni qanday aytaman?

Kechqurun qirg‘oqda aylanib tanho
Sevdim, sevib qoldim to‘lqinlaringni.
Oyni cho‘miltirgan tinch tunlaringni
Tushimda ko‘rganda ne qilarman, o?

O‘ynagil so‘ng marta, chayqal, erkalan!
Armonim qolmasin ketar oldimda.
Bag‘ringda baliqday yuzgan oq yelkan
Bir umr sayr etgay mening yodimda…

Yaxshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!
To‘lqinlar, qo‘ynimga qizday kirdingiz…

Usmon Nosir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Oldin aytganimdek barchasi yozib boʻlingan va shunday qoladi hech narsa oʻchmaydi yangi kanal ochmoqchiman !??

U kanal ham Huddi shunday tartibda olib boriladi qaysi shoirni maslahat berasizlar yozib qoldiringlar🖐🙂
Forwarded from Usmon Azim Sheʼrlari
* * *

Qiynaladi oftobni kutib
Yomgʻirlarda ivigan shahar...
...Uxlab qolding, yigʻlab, qon yutib,
Koʻringanda ufqda sahar.

Men taqdirimdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni.

Mening sarson umrimga oydin
Rivoj tilab u chekdi figʻon.
Oyogʻini tavof qildim men —
Dunyoda eng omadsiz oʻgʻlon.

U hech narsa qilmadi talab,
Ming oʻrgildi qoshu koʻzimdan.
Uning qaro sochlarni silab,
Bu tun kechdim hatto oʻzimdan.

Yomgʻir yogʻdi mayda-maydalab,
Mayda-mayda boʻldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
"Sevasanmi" deya soʻradim.

Qiynaladi oftobni kutib,
Yomgʻirlarda ivigan shahar...
...Sen ketasan qayga qon yutib,
Meni qayga boshlaydi sahar?

🎙 Kumush Razzoqova ijrosi

Usmon Azim sheʼri 📚

@Usmon_Azim_Sherlari
Forwarded from Usmon Azim Sheʼrlari
***

Endi tikonlimi bu erka yoʻllar,
YO yoʻl tugadimi — endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi choʻllar,
Endi begonaday «xayr» aytishmi?

Oh, qachon aldashga oʻrganasan sen,
Yuzingda kulgu—yu, labingda titroq.
Men uchun oʻrtanmay oʻrtanasan sen…
Qoʻrqma, tillarimda qolmadi soʻroq.

Ne qilay? Yurakdan boʻshadi tanim,
Najot koʻnishdami, najot — oʻlishda?
Azizim? Azizim! azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim boʻlishga?

Usmon Azim sheʼri 📚

🎙 Janob Hech Kim ijrosi

@Usmon_Azim_Sherlari
Hozircha dangasalik tutib sheʼr joylagim kelmayapti

Hech yoʻq 111 ta obunchi boʻlsak "motivatsiya" boʻlar balki👇

https://hottg.com/+hfyQKYKTTa0xNTAy

Bemalol obuna boʻlaveringlar sizlardan pul yechib olmaydi yoki menga pul berib boyib ketmayman 🫳🫴😁
HTML Embed Code:
2024/03/28 12:54:00
Back to Top