TG Telegram Group Link
Channel: Klinik psixolog | Elchin Tolibov
Back to Bottom
🦋 Muammo, insonda nima borligi emas.

Muammo, u buni qanday qabul qiladi va bunga qanday munosabatda bo'lishida. 🙄
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Depressiya holati har qanday yoshdagi, jinsdagi yoki ijtimoiy qatlamdagi odamlarda kuzatilishi mumkin. Buni faqat "zaif" odamlar boshidan kechiradi degan qarash noto‘g‘ri. Bu psixologik va biologik omillar ta’siridagi holatdir.

📊 Depressiyadan aziyat chekayotgan odamlarning uyqu ritmi o'zgaradi. Ayrimlarda uyqusizlik kuzatilsa, boshqalarda esa haddan tashqari uyquchanlik rivojlanadi. Shuningdek, ishtaha yo'qolishi yoki aksincha, haddan tashqari ortishi ham mumkin.

🧬 Agar oilada depressiya bilan og'rigan odamlar bo'lsa, bu kelajak avlodda ham xavfni oshirishi mumkin. Genetik omillar depressiyaga moyillikni 40-50% tashkil qilishi mumkin.

🩺 Shuningdek, depressiya nafaqat psixologik, balki jismoniy simptomlarga ham ega. Masalan, bosh og'rig'i, mushaklarda og'riq, ko'krak qismida siqilish va boshqa noqulayliklar depressiya bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

👧 Odatda depressiya faqat kattalarga xos deb o'ylashadi, ammo bolalar va o‘smirlar ham bu muammodan aziyat chekishi mumkin. Bu ularning o‘qishida qiyinchiliklar, o‘z-o‘zini past baholash va ijtimoiy izolyatsiyaga olib kelishi mumkin.

Depressiya davolash mumkin bo‘lgan holatdir. Dori-darmonlar (antidepressantlar), psixoterapiya usullari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash depressiya holati uchun davolovchi vositalar sifatida qo’llaniladi.

✍️ Elchin Tolibov
🧠 Klinik psixolog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqatga sazovor jihati shundaki, bir insonning ongsizligi ongni chetlab o‘tib, boshqa bir insonning ongsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Zigmund Freyd

✈️ hottg.com/Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biroz teskari ko'rinsa ham o'ziga ishongan bo'lish uchun birinchi navbatda hamma narsani eplay olmaslikni normallashtirish, qabul qilish kerak bo'ladi. Ya'ni "buni qilishni xohlayman, qila olaman deb o'ylayman; ammo qilolmasam ham muammo emas, chunki buni qilolmaslik mening omadsiz ekanligimni ko'rsatmaydi" deya tushuna olishdir.

✈️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Psixoterapiyada o'zgarishning eng yaxshi metaforasi (o'xshatilishi) ulg'ayish davridir; birdan bo'lmaydi, har on bo'ladi.

✍️ Elchin Tolibov
Yengolmay bostirgan hissiyotlar, jismoniy shikoyatlar sifatida yuzaga chiqadi. Bunga somatizatsiyon deyiladi. Xronik og'riqlar, migren, bosh aylanishi, uyushishlar, ko'ngil aynishi kabilar ko'p uchraydigan psixologik ildizli somatik shikoyatlardan hisoblanadi.

✍️ Elchin Tolibov
🧠 Klinik psixolog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalik travmasi — bu insonning bolalik davrida boshidan kechirgan ruhiy yoki jismoniy og’riqli tajribalardir. U nafaqat bolalik davrida, balki butun umr davomida insonning o’ziga bo’lgan munosabati, qo’rquvlari va shaxsiy sifatlarida ta’sir qiladi. Hayotdagi har bir og’riqli tajriba bizni kuchliroq qilish uchun imkoniyat bo’lib xizmat qilishi mumkin. O’z ustingizda ishlash, kechirish va o’rganish orqali o’tmishni ortda qoldirib, yangi, mustahkam va baxtli kelajak yaratishingiz mumkin.
Travma og’riqli, ammo uni yengib, o’sish mumkin.


✈️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZGARISH BADAL TALAB QILADI, YO‘QOTISHNI O‘Z ICHIGA OLADI...

O‘zgarish, xohlangan narsa bo‘lsa ham, baribir yo‘qotishni o‘z ichiga oladi; shu sababli, ayrim o‘zgarish davrlarida qayg‘uli, siqilgan, depressiv yoki melankolik his qilamiz.

O‘zgarish, xohlangan narsa bo‘lsa ham, baribir azobni o‘z ichiga oladi; shu sababli ayrim o‘zgarish davrlarida ichimizga yopilamiz, tajovuzkor bo‘lamiz yoki murakkab insonga aylanamiz.

Bu holat o‘zgarish bilan paradoksaldek ko‘rinsa-da, aslida bir holatdan boshqa bir holatga o‘tishning tabiiy natijasidir. Bu, go‘yo turbulentlikdan o‘tishga o‘xshaydi. Agar chidash, bardosh va davom ettirishga qodir bo‘lsak, istagan manzilimizga yetib boramiz.


✈️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Anglash

Inson qachon chinakam baxtni, xotirjamlikni his qiladi? Hech kimdan hech nima kutmaganida. Kutuvlarimiz miqdori baxtliligimiz darajasiga teskari proporsional. Qancha kam kutsangiz, shuncha baxtli bo'lasiz. Vijdonan xolis vazifangizni bajarasiz va ajrini Allohdangina kutasiz, tamom.

✈️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Terepiya sizning holatingizni yomon holatga olib kelmaydi, balki qay daraja yomon holatda ekanligingizni farqlashingizga yordam beradi.

🎚️ Bordim, umuman foyda ko’rmadim, yanayam yomonlashdim deb tushunish ko’pincha shu sababli yuzaga keladi.

✈️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Darsda Pavlovning iti ustidan kulib o’tirgan edik.
Keyin nima bo’ldi?
Qo’ng’iroq chalindi va bordik tushlik qildik…🙃

🧠 @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Psixoterapiyada tuzalish bir jarayondir. Uch qadam oldinga, besh qadam orqaga, ikki qadam orqaga, to‘rt qadam oldinga… g‘azab, nafrat, inkor, sog‘inch, afsuslanish, sevgi, qabul qilish, ko‘p-ko‘p yig‘lash kabi ko‘plab holatlarni boshdan kechirasiz va oxir-oqibat neytral holatga kelish bilan yakunlanadi. Hech kimga bir kechada bahor kelmaydi, qattiq qishning ayozini his qilmaguncha….

🖊️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Terapevtlar “sening uchun shu yerdaman”demaydi, “bu jarayonda birgamiz” deydi
Va menimcha, eng go’zali ham shu
….


🖊️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Psixoterapiya dard eshitish emas. Psixoterapiya suhbat qilish emas. Psixoterapiya ichingni to‘kib uyga qaytish emas.
Psixoterapiya insonning ichki dunyosiga qaraladigan va u yerda sodir bo‘layotgan holat, vaziyatlarni birgalikda tushunishga harakat qilinadigan jarayondir.


🖊️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Seans vaqtida uchraydigan va anglanadigan holat:

Bo’g’ilyapman. Bo’g’gan ham o’zimman, hatto suv ham o’zimman. 🥹

✍️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bola uchun eng muhim ehtiyoj – u his qilayotgan barcha his-tuyg‘ulari, ota-onasi tomonidan qabul qilinishidir.

Agar bu bo‘lmasa, nima shakllanadi, bilasizmi? “Soxta shaxsiyat”
🌻

✍️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tabassum qiluvchi depressiya — bu insonning atrofidagilarga hech narsani sezdirmaydigan darajada mohirona niqob taqishidir.
Ular shu darajada yaxshi yashiradiki, vaqt o‘tib o‘zlarining emotsional inqirozlarini ham inkor etib qo‘yishadi.
“Qanday qilib bunchalik kulib yurishing mumkin?” degan savolga ular ko‘pincha shunday javob berishadi: “Chunki boshqa ilojim yo‘q.”
Aslida esa eng kuchli ko‘ringan odamlar ba’zida eng chuqur yaralarga ega bo‘ladi va eng ko‘p yordamga muhtoj bo‘lganlardir.

✍️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#terapevt_kundaligi

Terapiyalarda har kuni turli hikoyalarni eshitmaymiz, aslida turli hayotlardagi ayni yaralarni ko‘ramiz.


Sevilmagan bola, e’tibor berilmagan bola, qadrlanmagan bola… 🥺
Farzandlaringizni seving, ularga diqqat qiling, harakatlarini qadrlang.


Aks holda orqangizda o‘zini qadrsiz his qiladigan, qaror qabul qilishda qiynaladigan, “yo‘q” deyolmaydigan bir katta odam qoldirasiz.

✍️ @Elchin_Tolibov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2025/04/08 07:34:44
Back to Top