TG Telegram Group Link
Channel: Bilimni baholash agentligi
Back to Bottom
⚡️ Surxondaryo viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bilimni baholash agentligi direktori M.Karimov 10-11-may kunlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Surxondaryo viloyati bo‘limi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, shuningdek, mazkur binoda abituriyentlar bilan birgallikda ularning ota-onalari uchun ham zarur sharoitlar yaratish zarurligiga alohida to‘xtaldi.

☝️Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari uchun test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini berishi, chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi.

☝️Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.


👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
tinglab tushunish
o‘qish
gapirish
so‘z boyligi va grammatika
yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📆 Test sinovi 18-mayda tashkil etiladi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 17-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.

🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda

🇬🇧 iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 17-may kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 18-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m

iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy aloqalar kengaytirilmoqda

🇺🇿🇬🇧Ma'lumki, joriy yil fevral oyida Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi Angliya, Fransiya davlatlariga amaliy tashrifi davomida “Oxford University Press” tashkilotida ham bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qilishga kelishilgan edi. Ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi Bilimni baholash agentligiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya vakillari Agentlikning Namangan viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan test sinovlari o‘tkaziladigan binosida bo‘lib, u yerda talabgorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, “Oxford test of English” testini Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

🇺🇿🇬🇧Uchrashuv yakunida Bilimni baholash agentligi hamda “Oxford University Press” tashkiloti o‘rtasida baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan Memorandum imzolandi.


👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat

Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat

📆
2024-yil 16-may (payshanba) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollarga shaxsan javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Bilimni baholash agentligiga 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi.



Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 19-may kuni to‘xtatiladi.
❗️ Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (43 minutes)
Live stream started
Live stream finished (39 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (1-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (2-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 20-may kuni soat 12:00 da – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/05/19 07:26:15
Back to Top