TG Telegram Group Link
Channel: 𝗔𝗕𝗜𝗧𝗨𝗥𝗜𝗬𝗘𝗡𝗧 | 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬
Back to Bottom
#Eslatma
⚡️Rasman: 1-kurs talabalariga 12-oktabrdan tanishuv darslari boshlandi

▫️12-oktabr
, dushanba kunidan boshlab, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — 1-kurs talabalar uchun oliy ta'lim muassasalarida 3 kundan ikki haftagacha tanishuv darslari tashkil etilmoqda.

▫️Anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanayotgan ushbu dars jarayonlari karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda, auditoriyalarning 50 foizdan ko'p qismiga talabalarni kiritmasdan olib boriladi. Darslar kuniga 2 paradan ortiq boʻlmaydi. Paralar orasida talabalarga 10 daqiqalik tanafus beriladi.

▫️Talabalar turar joylariga talabalar joylashtirilmaydi va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan viloyatdagi abituriyentlar uchun oʻzining hududidagi oliy taʼlim muassasasida tanishuv darslari tashkil etiladi va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan professor-oʻqituvchilar boradi.

▫️Tanishuv darslari taʼlim shaklidan (kunduzgi, sirtqi va kechki) qatʼiy nazar talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar — 1-kurs talabalar uchun tashkil etiladi.

▫️Tanishuv darslarida 1-kurs talabalari dars jadvali, dars beradigan oʻqituvchi va professorlar bilan tanishtiriladi. Kerakli darsliklar va foydalaniladigan adabiyotlar haqida maʼlumot beriladi.

▫️12-oktabrda boshlanadigan tanishuv darslari orqali 1-kurs talabalariga masofaviy (onlayn) taʼlim olish koʻnikmasi shakllantiriladi. Shuningdek, toʻlov-kontraktni amalga oshirish uchun shartnoma taqdim etiladi va shartlari tushuntiriladi.

▫️Tanishuv darslari yakunlangach, 1-kurs talabalar ham boshqa kurs talabalari singari oʻqishni masofaviy (onlayn) shaklda davom ettiradilar.

🎓 Abituriyentlar rasmiy sahifasi
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
Forwarded from Talaba_VUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Talabalar diqqatiga!!!
Siz ijodkormisiz?
Videoroliklar olishga qiziqasizmi?
Infografikalargachi?
Unda bu tanlov aynan siz uchun!!!

🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi infografika” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy respublika tanlovlariga START berildi

🏆 Gʻoliblar diplom va pul mukofatlari bilan taqdirlanadi:
👉 1-o‘rin – 3 000 000 (uch million) so‘m;
👉 2-o‘rin – 2 000 000 (ikki million) so‘m;
👉 3-o‘rin – 1 000 000 (bir million) so‘m

Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! SHOSHILING!
📞 Ma’lumot uchun telefon: 71-246-28-63, 99-495-04-36

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
vuz24.uz |Telegram | Facebook | Instagram
Tabaqalashtirilgan.pdf
105.3 KB
#Муҳим_хабар
2020/2021 ўқув йили учун табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди

Мазкур миқдорлар жорий йил кириш имтиҳонлари натижаларига кўра тўплаган баллари тасдиқланган қабул параметрлари чегарасига 4 балдан ортиқ етмаган ва Давлат комиссияси томонидан белгиланадиган минимал балл (56,7 балл)дан кам бўлмаган ҳолда қўшимча равишда ўқиш истагини билдирган абитуриентларга биринчи ўқув йили учун қўлланилади.
Бакалавриат таълим йўналишларининг кундузги таълим шакли бўйича табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ушбу таълим шакли учун белгиланган стипендиясиз базавий тўлов-контракт миқдорларига 10 фоизли чегирма қўлланган ҳолда ҳисобланади.

🎓 @TalabaYoshlar каналига уланинг
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
❗️Diqqat onlayn PUL ISHLANG
🎓 "Talabalar birlashaylik - onlayn daromad" aksiyasiga xush kelibsiz!

Karantin davrida yoshlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Onlayn daromad" loyihamiz orqali telegram orqali pul ishlashingiz mumkin!

❗️Shu vaqtga qadar YOLG'ON ma'lumot bermaganmiz va bu aksiyamizda ham pul aniq to'lab beriladi.

👇 Boshlash uchun quyidagini bosing:
👉 Ertadan 1-kurslar uchun an'anaviy ta'lim boshlanadi. Mazkur audioda tanishuv darslari haqida batafsil ma'lumot berganman.
👉 Tibbiyot OTMlariga ham an'anaviy ta'limga qisman ruxsat berildi. Qaysi OTMlarga an'anaviy o'qish boshlanishi ham aytilgan.
👉 Kontrakt summasini qachongacha to'lash kerak?

Savollar bo'lsa komentariyada yosihingiz mumkin.
© Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 @TalabaYoshlar kanaliga ulaning
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
#Расман

Супер контрактда исталган бешта йўналишдан бирида ўқишга рухсат берилди

ЎзР таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссияси мажлисининг баёни қарори билан ўқишга киролмаган абитуриентларга рўйхатдан ўтиш мобайнида танлаган иккинчи, учинчи, тўртинчи ёки бешинчи бакалавриат таълим йўналиши бўйича табақалаштирилган ("СУПЕРКОНТРАКТ") тўлов-контракт асосида ўқишга рухсат берилди.

Бунда, ОТМлар томонидан талабаликка қабул қилиш танлов бўйича биринчи бакалавриат таълим йўналишида эълон қилинган тест синовлари натижаларига кўра, абитуриентларнинг тўплаган балини асос сифатида қабул қилиб, мурожаат этган абитуриентларнинг аризаларига мувофиқ, тўплаган баллари қатъий кетма-кетлигига риоя этган ҳолда амалга оширилади.

Абитуриентлар расмий саҳифаси
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
#Расман

Коллеж ва техникумларда контракт нархлари маълум қилинди

2020/2021
ўқув йилидан бошлаб коллежлар ва техникумларда тайёрлов йўналишлари кесимида тўлов-контракт асосида бир ўқувчини ўқитиш қиймати микдорлари тасдиқланди.

Маълумот, учун, коллеж ва техникумларда:

👉 давлат гранти ва тўлов-контракт асосида ўқитилади;

👉 умумий ўрта маълумотга (11-синф) эга бўлганлар ҳужжат топширишлари мумкин;

👉 битирувчиларга диплом берилади;

👉 янги ўқув йили учун коллежларга 77 мингдан ортиқ (давлат гранти - 12 762 та), техникумларга 68 мингдан ортиқ (давлат гранти – 9199 та) ўқувчи қабул қилинади;

👉 ўқитиш муддати: касблар ва мутахассисликларнинг мураккаблигидан келиб чиққан ҳолда коллежларда 2 йилгача, техникумларда 2 йилдан кам бўлмаган муддат;

👉 ҳужжатлари қабули 2020 йил 20 октябрга (шу куни ҳам) қадар узайтирилди.

Абитуриентлар расмий саҳифаси
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OTM talabalari to'lov-kontrakt summalarini Payme, Click ilovalari orqali onlayn to'lashlari mumkin.

Bu videolavhada qanday qilib PayMe ilovasi orqali kontrakt summasini to'lash mumkinligi haqida @TalabaYoshlar sahifasi asoschisi, bloger Izzatxo'ja Asomiddinov tomonidan batafsil tushuntirilgan.

🎓 @TalabaYoshlar kanaliga ulaning
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Talabalar diqqatiga!!!
Siz ijodkormisiz?
Videoroliklar olishga qiziqasizmi?
Infografikalargachi?
Unda bu tanlov aynan siz uchun!!!

🇺🇿 “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi infografika” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy respublika tanlovlariga START berildi

🏆 Gʻoliblar diplom va pul mukofatlari bilan taqdirlanadi:
👉 1-o‘rin – 3 000 000 (uch million) so‘m;
👉 2-o‘rin – 2 000 000 (ikki million) so‘m;
👉 3-o‘rin – 1 000 000 (bir million) so‘m

Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! SHOSHILING!
📞 Ma’lumot uchun telefon: 71-246-28-63, 99-495-04-36

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
vuz24.uz |Telegram | Facebook | Instagram
❗️Diqqat onlayn PUL ISHLANG
🎓 "Talabalar birlashaylik - onlayn daromad" aksiyasiga xush kelibsiz!

Karantin davrida yoshlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Onlayn daromad" loyihamiz orqali telegram orqali pul ishlashingiz mumkin!

❗️Shu vaqtga qadar YOLG'ON ma'lumot bermaganmiz va bu aksiyamizda ham pul aniq to'lab beriladi.

👇 Boshlash uchun quyidagini bosing:
🔹 3ta kanalga a'zo bo'ling va tasdiqlashni bosing;
🔹 Telefon raqamingizni yuborib, ro'yhatdan o'ting;
🔹 Referal ssilkani do'stlaringizga yuboring;
🔹 Har bir qo'shilgan do'stingiz uchun 500 so'mdan pul ishlang.
⚡️Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga (№646, 12.10.2020) binoan, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

▫️Sertifikat berish uchun tuziladigan test savollari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

▫️Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

▫️Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

▫️Talabgor test sinovida qatnashish uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi va shaxsiy kabineti orqali kerakli hujjatlarni yuklaydi.

▫️Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin.

▫️Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

🎓 Abituriyentlar rasmiy sahifasi
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
▪️DTM oʻtgan yilgi test sinovlari uchun qancha mablagʻ sarflagan?

DTM maʼlumotlariga koʻra, sarflangan mablagʻlar quyidagicha taqsimlangan:

👥 Test sinovlariga jalb qilinadigan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining ish haqi 11 mlrd 578 million 830 ming 120 soʻmni tashkil etgan.

🏟 Ochiq maydonlar ijarasi uchun Botanika bogʻi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi va Paxtakor sport majmuasiga 127 million 592 ming soʻm toʻlangan.

🥤1 517 305 dona ichimlik suvi uchun 1 mlrd 365 million 574 ming 500 soʻmlik shartnoma imzolangan.

🧤 3 034 610 dona tibbiy qoʻlqop uchun 2 mlrd 124 million 227 ming soʻmlik shartnoma imzolangan.

😷 1 517 305 dona tibbiy niqob uchun 1 mlrd 365 million 574 ming 500 soʻmlik shartnoma imzolangan.

🖊 1 517 305 dona ruchka uchun 500 million 710 ming 650 soʻmlik shartnoma imzolangan.

🧢 Kepka boʻyicha jami imzolangan shartnomalarning umumiy miqdori 1 mlrd 698 ming 320 ming 550 soʻmni tashkil etgan

🥘 Guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarni tushligi boʻyicha tuzilgan shartnomalarning umumiy miqdori 1 mlrd 459 million 587 ming 423 soʻmni tashkil etgan.

💰Yuqorida keltirilgan xarajatlarning umumiy summasi 20 mlrd 220 million soʻmdan ortiqroqni tashkil etmoqda. Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan yilda abituriyentlardan 80 mlrd soʻmdan ortiq pul toʻplangan.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

🎓 Abituriyentlar rasmiy sahifasi
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
Fanlar majmuasi-2021.pdf
854.9 KB
Абитуриентлар диққатига!

⚡️⚡️ ЎзР таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2021 йил 7 мартдаги 10-сон баёни билан 2021-2022-ўқув йили учун республика ОТМларининг бакалавриат таълим йўналишларига мос тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари тасдиқланди.

⚠️ Бу йилги кириш имтиҳонларида абитуриентлар 5 та фандан имтиҳон топширади. Максимал балл – 280,5

❗️Барча тест топширувчилар учун мажбурий 3 та фан (максимал балл – 94,5 балл):

1. Она тили (ўзбек, рус, қорақалпоқ ва бошқа тиллар) – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

2. Математика – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

3. Ўзбекистон тарихи – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

‼️ Бакалавриат таълим йўналишига мос 2 та фан бўйича (максимал балл – 186 балл):
👉 1-фан – 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл.
👉 2-фан – 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл.

Абитуриентлар расмий саҳифаси
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
▪️Bu yilgi test sinovlarida abituriyetlar orasida nazoratchilar yurmaydi !

🔺 DTM masʼulining xabar berishicha, tashkilotning hududlarda binolarini qurish, ularni zamonaviy AKT jihozlari bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

💻 Kelgusida abituriyent oʻziga biriktirgan kompyuterda test topshiradi. Kompyuterdagi maxsus kamera abituriyentning xatti-harakatini nazorat qiladi. Agar u yon-atrofidagilardan yordam olmoqchi boʻlsa yoki boshqa qoʻllanmalardan foydalanishga harakat qilsa, test avtomatik bloklanadi va bu haqda masʼullarga xabar beriladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

🎓 Abituriyentlar rasmiy sahifasi
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
HTML Embed Code:
2024/04/30 17:02:53
Back to Top