TG Telegram Group Link
Channel: 𝗔𝗕𝗜𝗧𝗨𝗥𝗜𝗬𝗘𝗡𝗧 | 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬
Back to Bottom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining shogirdlari ustoz Abror Muxtor Aliy facebook sahifalarida jonli efirdalar.
Juda foydali gaplar bo'lmoqda, tomosha qilishni tavsiya qilaman:
👉 Havola: https://www.facebook.com/100002428842659/videos/3372549699502625

🎓 @TalabaYoshlar kanaliga ulaning
👉 https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Mandat qachon chiqadi? Natijalarni qanday bilamiz? Batafsil audioda tushuntirishga harakat qildim.

Savollaringiz bo'lsa komentariyada yozib qoldirishingiz mumkin.
© Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Audio
Осмон йиғламади, кўнглим йиғлади,
Дуо қилиб саҳар, онам ёдига.
Бир-биримиз ғажиб, дилимиз вайрон,
Қандай борамиз айт, Худо олдига.
Эрта кетиб ишга, ярим тун қайтиб,
Ярамадим, шўрлик онам корига.
Бир кун кездиролмай Боғишамолни,
Ўзим осдим, ўзим ғафлат дорига...


Муаллиф ва ижро: МирзоҳидБотиров
Tanlov natijalari bo‘yicha ma’lumot

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan 13-sentabrgacha, hududga kirishda tana harorati 37°C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 17-sentabr kuni o‘tkazildi.

Bunda, abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotlar test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga abitur.dtm.uz sayti orqali e’lon qilib borildi.

Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha abituriyentlarning test sinovida toʻplagan natijalari boʻyicha ishlar yakuniga yetgan.

Lekin joriy yilda ko‘plab imtiyozlar (harbiy xizmatchilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va So‘x tumani uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari va boshqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20-sentabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblash ishlari endi yakunlanmoqda.

Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

📌 Mazkur jarayon yakuniga yetgach, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Abituriyentlarga yuboramiz👇👇
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
Forwarded from Talaba_VUZ
DIQQAT, DIQQAT, DIQQAT!
❗️Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil qilinayotgan "Xavfsiz internet": bugun va kelajak" online konferensiyasi uchun qabul boshlanganligini ma'lum qilamiz!
👉 Konferensiya 3, 4-oktabr kunlari ZOOM platformasida o'tkaziladi

Siz Online konferensiyada quyidagi yo'nalishlardan birida ishtirok etishingiz mumkin:
🌐 Axborot globallashuvi davrida internet xavfsizlik masalalari
💼 "Blogerlik" - Bloger kuchlimi yoki jurnalist?
📝 "Matbuot" - Matbuot kelajagini nima kutmoqda yoxud ijodkor qarashlari!
🖥 "Telejurnalistika" - Telejurnalistikadagi raqobat: davlat telekanallarimi yoki xususiy kanallar?

Spikerlarimiz:
🔹 Alisher Sa'dullayev
🔹 Sherzod Qudratxo’jayev
🔹 Xurshid Do’stmuhammad
🔹 Nargiz Qosimova
🔹 Amrullo Karimov
🔹 Ravshan Omonov
🔹 Dilshod Rajab
🔹 A'zamjon Dadaxonov

❗️ Qatnashish mutlaqo BEPUL...
✍️ Konferensiyada qatnashish uchun
@Javokhirsblog_uz ga #Future_journalists so'zini yuboring!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Talaba_VUZ
❗️Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil qilinayotgan "Xavfsiz internet": bugun va kelajak" online konferensiyasi uchun maqolalar ham qabul qilinadi!

Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar quyidagi tartibda tayyorlanishi lozim:
- maqolalar 5 sahifadan kam bo‘lmasligi lozim;
- Times New Roman shriftida 14 kattalikda, satrlar orasida 1 interval bilan yoziladi;
- tepadan 2 sm, pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm qoldiriladi;
- tahrir qilingan holda elektron variantda taqdim etiladi;
- maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va qoraytiriladi;
- bir intervaldan so'ng talabaning familiyasi va ismi, oliy ta’lim muassasasi nomi, fakultet va guruhi ko‘rsatiladi;
- ilmiy rahbarning familiyasi va ismi, ilmiy darajasi va unvoni yoziladi;
- maqola oxirida qo‘l telefoni raqami ko‘rsatilishi shart.
👉 Maqolalarni chop etishga ketadigan tipografik harajatlar hisobga olinib, 1 bet uchun to‘lov miqdori 15000 so‘m belgilandi.
👉 Maqolalar o‘zbek va rus tillarida 2020-yil 3-oktabrdan 3-noyabrga qadar elektron variantda quyidagi elektron manzilga yuboriladi: [email protected]
📞 Murojaat uchun telefon raqamlar:
🔸 Nargiza Dusimbetova +998946028603
🔸 Javohir Amonturdiyev +998939039597

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram
👉 Bugun 24-sentabr nega mandat chiqmadi? Qachon chiqadi o'zi?
❗️ Abituriyentlarga yomon xabar!
👉 Natijalarni qanday bilish, firibgarlarga aldanib qolmaslik.
👉 Apelyatsiya berish tartibi qanday? Nimalarga e'tibor berish kerak?


Batafsil audioxabarda ma'lumot berilgan, savollaringiz bo'lsa komentariyada yozing.
© Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
​​⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Hozir ko'pchilik mandat natijasini bilish uchun saytga kira olmayabdi, agar hozir dtm.uz saytiga kira olmasangiz hayron bo'lmang. Bunga sabab O'zbekistonda 1.5mln abituriyent bor va ularning aksariyati hozir birdan saytga kirmoqda. Nazariy jihatdan bunday yuklamani dtm serveri ko'tara olmasligi va qotib qolishi aniq. Shuning uchun mabodo hozir natijani ko'ra olmasangiz keyinroq harakat qilib ko'ring.

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
DTM sayti ishlamayabdi, natijani 2-usul bo'yicha 5100 raqamiga Abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamini SMS orqali yuborib bilishingiz mumkin!
❗️ Eslatma
: xizmat pullik

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Mandat natijalari chiqdi, bir necha urinishlardan so'ng abitur.dtm.uz sayti orqali natijani ko'rishga muvaffaq bo'ldim. Sayt qotib-qotib ishlamoqda, bir necha urinishdan so'ng kirishi mumkin!

🎓
Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
⚡️Joriy yilda test sinovlarida o'rtacha o'tish bali ma'lum qilindi
Tanlov natijalariga ko‘ra:
👉 davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

💠 "Super" kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar ertadan OTMga murojaat qilishlari mumkin
Test sinovlarida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud.
☝️ 2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan.

❗️ Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020-yil 26-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Forwarded from Izzatxo'ja Asomiddinov
Ukam Asomiddinov Ibratxo'ja ham xuddi men kabi 1-yildayoq to'lov-kontrakt asosida talabalik baxtiga erishishga muvaffaq bo'ldi, tabriklayman.

Sayt qotib-qotib, adashmasam 30 martadan ortiq urinishdan so'ng kirib ko'rdim!
Barcha abituriyentlarga omad, hayajonli daqiqalardagi adrenalinni his qilyabsizmi???

👉 @Izzatkhoja
Natijalarni ko'ra olmaganlar diqqatiga!!!

abitur.dtm.uz saytiga shaxsiy kabinetingizga kirasiz, registratsiya qilgan telefon raqamingiz va parolingizni kiritasiz, NATIJA2020 ni bosib, kutasiz.
Saytga kirmay qolsa qayta-qayta urinib ko'ravering, albatta kiradi!

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
🎓 Barcha OTMlarning davlat grandi va to'lov-kontrakt bo'yicha o'tish ballari e'lon qilindi!

O'tish ballarini quyidagi havolalar orqali ko'rishingiz mumkin
:
👉 Qoraqalpog'iston Respublikasi
👉 Andijon viloyati
👉 Namangan viloyati
👉 Farg'ona viloyati
👉 Buxoro viloyati
👉 Xorazm viloyati
👉 Surxondaryo viloyati
👉 Qashqadaryo viloyati
👉 Jizzax viloyati
👉 Navoiy viloyati
👉 Samarqand viloyati
👉 Sirdaryo viloyati
👉 Toshkent viloyati
👉 Toshkent shahri
Bittada kirolmaysiz, qayta-qayta urinishlardan so'ng kirasiz, sayt hali ham yaxshigina qotib ishlamoqda.
🎓 Batafsil ma'lumotlar bizning kanalda

🎓
Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
👉 5ta yo'nalishga kirib OTMni o'zim tanlaymanmi?
👉 "Super kontrakt" uchun ariza topshirish
👉 «Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?
🔹 OTM o'tish ballari: https://dtm.uz/info/passing-scores2020
👉 "Talabalikka tavsiya etilmadi", deb yozilgan bo'lsa, bu topshirgan barcha yo'nalishlarga tegishlimi?
❗️Batafsil audioda xabar berganman
✍️ Matn holatida o'qish: https://teletype.in/@talabayoshlar/CsOsBbXB6

©️ Izzatxo'ja Asomiddinov
🎓
Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Qabul 2020 bo'yicha juda ko'plab savollar kelmoqda, barchasiga javob berolmayman. bugun 12:00da Intagram profilim orqali jonli efirda savollaringizni berishingiz mumkin!
👉Manzil: instagram.com/izzatkhuja_asomiddinov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: 1-kursga qabul qilingan talabalarga oʻqish 2-oktabrdan boshlanadi.

Ma'lumot uchun:
1-kurs talabalari oʻqishni masofaviy (onlayn) shaklda boshlaydilar.

🎓 Abituriyentlarga yuboring, kanalimizga ulaning👇
https://hottg.com/+AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
#Қабул2020

Имтиёзга эга абитуриентлар учун ўтиш баллари

Давлат тест марказининг расмий веб-сайтида имтиёзга эга бўлган абитуриентларнинг 2020-2021 ўқув йили учун ўтиш балларини билиш имконияти яратилди.

Ушбу хизматдан dtm.uz сайтдаги “2020-2021-ЎҚУВ ЙИЛИ УЧУН ИМТИЁЗ ЎТИШ БAЛЛAРИ” бўлими орқали фойдаланиш мумкин.

Мазкур бўлимга киргандан сўнг,
👉 Таълим шакли;
👉 Имтиёз тури;
👉 “Олий таълим муассасаси” ёки “Имтиёз йўналиши” танланади.

Мазкур амаллар бажарилгандан сўнг, имтиёз турлари бўйича ўтиш баллари билан танишиш мумкин.

Абитуриентлар расмий саҳифаси
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
Кеча 105 нафар абитуриентнинг апелляция шикоятлари кўриб чиқилди

Давлат тест марказида бугун, 28 сентябрдан абитуриентларнинг апелляция шикоятларини кўриб чиқиш бошланди. Aпелляция аризаларини кўриб чиқиш 4 сменада ташкил этилди.

4 сменада жами 200 нафар ариза берган абитуриентнинг эътирозини кўриб чиқиш режалаштирилган бўлиб, шундан 105 нафари жараёнда иштирок этди, 95 нафари иштирок этмади.

Абитуриентлар расмий саҳифаси
https://hottg.com/+AAAAAFec24wFfxlGpo_MIA
HTML Embed Code:
2024/06/14 19:40:25
Back to Top