TG Telegram Group Link
Channel: Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Back to Bottom
Nostrifikatsiya - 29-fevral va 1-mart 2024-yil.pdf
456.3 KB
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 29-fevral va 1-mart kunlari o‘tkaziladi

📆 2024-yil 29-fevral va 1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-02-23

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#talabaga_yengillik

⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 17-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://hottg.com/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://hottg.com/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Ochisleniya" bo'lgan talabalar ham o'qishini ko'chirishi mumkin!

Ayni vaqtda xorijda va Respublikasidagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o'z vaqtida to'lov-kontrakt pulini to'lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'qishdan chetlatilgan. Ushbu toifadagi talabalar ham o'qishini ko'chirish mumkinmi?

Buning uchun o'qigan davri ko'rsatilgan transkripti (yoki akademik ma'lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to'g'risida buyruq kerak bo'ladi. Ushbu hujjatni o'qishni ko'chirish arizasiga ilova qiladi hamda imtihonlarda bemalol qatnashishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov yo'q.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki, o'qishdan chetlatilgan talabalar ham bemalol Respublikasidagi davlat oliygohlariga o'qishini ko'chirishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Bilimni baholash agentligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi

📣 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yildagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.

Unda Bilimni baholash agentligi 81 ball bilan faoliyat samaradorligi yuqori sifatida e’tirof etilgan tashkilotlar qatorida qayd etilgan.

📝 Maʼlumot uchun, 2023-yil boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotining:

42 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
38 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
15 ta si “qoniqarsiz” – (55 balldan past) sifatida belgilangan.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;
xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
tasdiqlandi.

❗️Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

❗️11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Аgar siz Rossiyada yashab, ishlayotgan bo'lsangiz, siz muhim masalalar bo'yicha mutaxassis maslahatiga muhtoj bo'lishingiz mumkin. Bizda ajoyib yechim bor!

Tinkoff Black – bu Rossiyada qulay yashash va ishlash uchun debet kartasi. Ushbu karta MDH mamlakatlariga tez va qulay pul o'tkazish imkonini beradi.

PRO obunada, siz o'zbek, qirg'iz va tojik tillarida, ekspert maslahatlarini olishiz mumkin, rus tilida esa obunasiz:
- qanday vaqtinchalik va doimiy yashash uchun ruxsatnoma va patent olish;
- qanday qulay ish va uy-joyni topish;
- qanday tibbiy sug'urtani olish;
- va boshqalar.

Eng muhimi – Tinkoff Black kartani olish uchun siz Rossiya fuqaroligiga ega bo'lishingiz shart emas!

Tinkoff Black bilan hayotingizni engillashtirish imkoniyatini boy bermang! Kartani hoziroq ro'yxatdan o'tkazing va kerakli masalalar bo'yicha mutaxassisdan maslahat oling – https://t.tb.ru/Abituriyent_talaba_baholashuz

Реклама. АО "Тинькофф Банк", ИНН 7710140679, лицензия ЦБ РФ № 2673, erid:2VtzqvTju9x
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar!

🌙 Abituriyent xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan, dillarimizga quvonch, dasturxonimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

🤲 O‘zbekistonimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:

xalqaro olimpiada g‘oliblari;
ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
–top 10% talabalarga 100% grant;
–keyingi 10% talabalarga 70% grant;
–keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi

📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.

⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Forwarded from Japan Digital University
Japan Digital Universityda o'qishga tayyormisiz?

Bizning veb-saytimizga tashrif buyuring va bugun ariza topshiring!
JDU bilan yuqori texnologiyalar olamiga sayohatingizni boshlang!

👉  HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

Youtube I Telegram I Facebook I Instagram
Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan tarix va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://hottg.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Forwarded from RealSoft
🌎 Texnologiyalar yordamida dunyomizni qanday qilib ekologik toza qilish haqida fikringiz bormi? Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan IT ECO FEST 2024 xalqaro ekofestivalining xakatonida ishtirok eting!

Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz:
🌱 ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar
🧑🏻‍💻 yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan
🤝 amalga oshirish uchun shu kabi fikrlaydigan insonlarni va sheriklarni izlayapmiz.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 20 million so‘m
2-o‘rin — 15 million so‘m
3-o‘rin — 10 million so‘m


G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – RealSoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyihangizni taqdimot formatida 3 may soat 10:59 ga qadar https://forms.gle/g1hN62YpYdW9xkG89 koʻrinishida topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuni Astrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi.

Natijalar 5-may kuni kechqurun Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi. Ishtirok etish haqida savollaringizni ushbu post ostidagi izohlarda berishingiz mumkin. Biz sizning g'oyalaringizni kutamiz va biz birgalikda dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishimizga aminmiz!
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Chet tilidan ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan chet tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Ushbu yangi format aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️💻 Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha.
Test sinovi narxi: 25 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha.
📱 @bba_ilmiy_markaz
https://hottg.com/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞(95) 515-68-68
HTML Embed Code:
2024/05/02 23:34:24
Back to Top