PROSTATA
Prostata bezi - prostata erkaklar siydik chiqarish nayining boshlang‘ich qismi sohasida joylashadi. Bez sifatida erkaklar urug‘ining suyuq qismini hosil etishda qatnashadi. Prostata bezi endokrin bez
sifatida gormon ishlab chiqarib, qon tarkibiga o‘tkazadi. Bezning bir qismi silliq mushak tolalaridan tashkil topgan.
Prostata bezining asosi - basis prostatae siydik qopchasi, uchi - apex chanoq
mushaklari tomon yo‘nalgan. Oldingi yuzasi - facies anterior chanoq qov suyaklariga qaragan, orqa yuzasi - facies posterior to‘g‘ri ichak tomon qaragan bo‘ladi. Pastki lateral yuzasi facies inferolateralis deyiladi.
Bezning orqa sohasidan urug‘ o‘tuvchi yo‘l teshiklari orasidagi bez qismiga isthmus prostatae yoki lobus medius deyiladi. Qolgan bo‘limlari o‘ng va chap bo‘lak - lobi dexter et sinister deyiladi.
Bezning bo‘laklari quyidagi bo‘lakchalarga ajraladi:
1. Lobulus inferoposterior - pastki orqa bo‘lakcha;
2. Lobulus inferolateralis - pastki yon bo‘lakcha;
3. Lobulus superomedialis - ustki medial bo‘lakcha;
4. Lobulus anteromedialis - oldingi medial bo‘lakcha.
Prostata bezi chanoq diafragmasiga tegishli fassiya - fascia pelvis bilan o‘ralgan. Uning ostida biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, silliq mushak tolalari - capsula prostatica'dan iborat bo‘ladi. Prostataning asosiy qismi bezsimon hujayralardan va silliq mushak tolalaridan hosil bo‘ladi.
Bez nayi - ductuli prostatici (20-30 ta) siydik chiqaruv yo‘lining orqa devoriga, urug‘ do‘mboqchalari colliculus seminalis sohasiga ochiladi.
Prostata bezining mushak qismi substantia muscularis deyiladi. Bezning tashqi yuzasidan quyidagi mushaklar boshlanadi:
a) m. puboprostaticus - qov suyagi bilan prostata bezi orasida hosil bo‘ladi;
b) m. vesicoprostaticus - siydik qopchasi bilan prostata bezi orasida hosil bo‘ladi.
━━━━━━━━━━━━━━━━
Anatomiya biz bilan oson:
Create: Update:
>>Click here to continue<<
Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

Share with your best friend
VIEW MORE